Yangi davr va yangi zamon haqida uylar...

Xalqaro Amnistiya tashkiloti sarayapti: Butun dunyoda tinchlikka erishish uchun Sizning fikringiz? Ana shu savolga men quyidagicha javob yozgandim.

     Uylaymanki bugun bu dunyodagi hayotidan norozilar soni undan rozilar sonidan bir necha barobar kúp. Dunyodagi milliardlab insonlar úzlarining kundalik hayotlaridan kúngillari túlmay yashahsga majbu qilinganlar.

Insonlarning úz hayotlaridan norozi búlishga túla haqlari bor, chunki kúpchilik insonlarning hayotlarida har kungi yashashni úziyoq bir muammoga aylangan.

Tellus sayoramizd yangi davr, yangicha hayotni qurishni imkoni bormi?

Kúplab insonlar turli tuman g´oyalar bilan chiqishgan ammo hozircha ahvol hamon og´irligicha qolmoqda va undan milliardlab insonlar har kuni aziyat chekmoqdalar.

Masalaning echimini topa olmagan bu dunyo arosatda.

Shu sababdan búlsa kerak, dunyoning boy búlgan bir búlagi uning ulkan kambag´al búlagiga ”Tez yordam”; Ùt uchirish xizmati va turli tuman xizmatlar orqali hamda xayria-ehson qilish orqali úzlarining qiynalgan vijdonlarini tinchlantirish bilan kifoyalanmoqdalar.

Búnday echimlar vaqtinchalikdir va ular masalani tag tomiri bilan quporib tashlay olishga qodir emas. Turli tuman mamlakatlardagi noqobil, zúravon hokimiyatlarning befarosatlarcha boshqaruv uslublari, ayrim xalqlarning bilimsiz fuqarolari sababli dunyoda falokatlar va qiyinchiliklar yaratish davom etmoqda.

Nima uchun insonlarni hayotini úzgartirish qiyin?

Qaysi va qanday muammolar insoniyat taraqqiyoti yulida asosiy túsiq búlib turibdi?

Men uylaymanki, asosiy túsiq bu insonlarning asosiy masalalarda turlicha fikrlashi, dunyoqarashidadir.

Biz kúp mamlakatlarga tarqab ketgan xalqlarmiz va har bir xalqda bolalarga úz bilim berish tartib qoidalari, fuqarolar hayoti haqida úzlarining qonun qoidalari bor.

Bu erda farq shundaki, rivojlangan davlatlarda bilim sohasifa ham, fuqarolarni, tabiatni va hayvonlarni e´zozlash, ularni hurmat qilish masalalari juda aqlli yullar bilan echilgan. Shuning uchun u davlatlarda yashayotgan xalqlarning aksariyati baxtlidirlar.

 

Ayni paytda úzlarini bilimlari past búlgan ammo turli tuman noqonuniy, adolatsiz yullar bilan hokimiyat tizimlarini qúlga kiritgan odamlarning zúravonlarcha boshqaruvi ostida yashayotgan milliardlab insonlar tuzukroq bilish olish, tuzukroq yashash imkoniyatidan mahrumdirlar.  

Bunday muammolarni tugatish uchun umuminsoniyat barcha davlatlar va xalqlar uchun umumiy bulgan jiddiy va kuchli maxsus loyihalar koncepciasini ishlab chiqishi kerak.

Bu esa eng avvalo butun dunyoda tinchlik va taraqqiyotga erishish yuliga zamin yaratishdir. Bunday zamin eng avvalo barcha davlatlardagi bolalarni 6 yoshidan, 1nchi sinfdan boshlab ularga túg´ri ta´lim berish, ularda túg´ri dunyoqarash yaratishga bog´liq.

 

Bu uchun bizlardan, ”Yangi avlod – yangicha insoniyat va taqqiyot” degan maxsus dastur tuzish talab qilinadi.

Ekologiya(tabiatni asrash), iqtisod, butun dunyoda haroratni yil sayin oshib borishi, ayrim davlatlarda tez tez bulayotgan suv toshqinlari, boshqa davlatlarda bulayotgan qurg´oqchilik kabi turli tuman tabiiy ofatlar buyicha utkazilayotgan Umumjahon Forumlari shuni kursatdiki, ularni ishtirokchilari kupincha bir birlarini tushunishmaydi, har biri uz dardini aytib yig´laydi. Birini ikkinchisini tinglashga na xohishi, nada qiziqishi bor.

Chunki har bir davlatning har bir muammo buyicha uz qarashlari, uz dasturlari, uz metodikalari bor. Undan tashqari ularning bolalarni uqitish buyicha ham uz dasturlari bor. Bu dasturlar bir biridan keskin farq qiladi.

Eng asosiy muammo shundaki, har bir davlatning umumjahon muammolari buyicha uzining alohida, uzgalar fikridan farq qiladigan tushunchalari bor.

Natijada hamma umumjahon muammolarini uzicha tushunadi, va demak ularni echimini uzicha kuradi. Holbuki jahon hammamizning yagona uyimiz va bu uy ichidagi muammolar hammamiz uchun bir xil, ularni biz bir xilda kurishimiz kerak!

Ammo hozircha umumjahon muammolari turlicha kuz, qarash va tushunchalar sababli qaralgani uchun uning echimlari ham turlicha bulmoqda, natijasi esa nolga teng bulmoqda. Insoniyat muammolarining ildizi ana shu erda.

Ana shuning uchun biz butun dunyodagi barcha bolalar uchun YAGONA UQITISH DASTURINI tayorlanishi kerak.

Agar butun dunyodagi, barcha davlatlardagi bolalar Umumiy bir Dastur asosida Ona zamin haqida, uning boyliklari haqida, Ona tabiat va hayvonlarni asrash haqida, turli tuman tabiiy ofatlar va ularni keltirib charuvchi sabablar haqida, umuminsoniy qadriyatlar haqida, fundamental inson huquqlari haqida bir xil, asl haqiqatlarga asoslangan dastur asosida uqishsa ushanda dunyoning bir chekkasidagi bola uning narigi chekkasidagi bolani osongina tushunadi, (masalan Ozbekistonli Guzalni Kanadalik Sandra , Hindistonlik Lakshmini Rossiyalik Olga, Amerikalik Aleksni Eronlik Muhammad bir pastda tushunadi va hokazo).

Ana shunday umumiy dasturlar asosida bilim olib ulg´aygan bolalar voyaga etgach ular dunyoning turli tuman Forumlarida uchrashganlarida bir birlarini oson tushunadilar va demak unumdunyoviy muammolarni ham oson hal qila oladilar.   

 

Barchaga ma´lumki, matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografia haqidagi fanlar butun dunyoda qariyb bir xil. Shaxmat , fotbol, volleybol, basketbol kabi sport turlari ham bir xil. Usha uchun dunyoni istagan joyiga borib matematika yoki futbol haqida osongina til topishib ketish , ular haqida qiziqib gaplashish mumkin.

Ammo insoniyat uchun eng muhim bulgan narsalar - Ona tabiat, jamiyat, insonning jamiyatdagi urni, uning Ona tabiat va jamiyatga utkazayotgan ta´sirlari haqidagi turli tuman túg´ri  tushunchalardir.

Men uylaymanki, muammoning ildizi ana shu erga kumilgan.

Insoniyat tarixi bir narsani isbot qilmoqda: Biz aynan ana shu eng muhim masalalarda turli tuman, hattoki bir biriga qarama qarshi fikrlarda bulganimiz uchun ham biz kupincha bir birimizni tushuna olmaymiz. Shundaylar borki ular hatto uzgalar fikrini na eshitishni, nada tushunishni ham istashmaydi. 

Toki insoniyat uzining barcha muammolarini birgalikda tugri tushunmas ekan, ularni tushunishga harakat qilmas ekan muammolar nafaqat kamaymaydi, balki ular tufondek, vaqt utgan sari kuchayaveradi.

Shuning uchun ish ildizdan boshlanishi kerak. Insoniyatning ildizi esa biz, bugungi ul´gaygan va insoniyatning barcha muammolarini tugri anglagan odamlardir.

Bu loyihaning asosiy maqsadi insoniyatning umumiy taraqqiyotidir. Bu taraqqiyotni amalga oshirishi mumkin bulgan kuch esa yaqin kelajakda biz belgilagan olamshumul ishlarni amalga oshira oladiganlar, ya´ni bugungi kundagi 6—7 yashar bolalardir.

 

Hazratqul Xudoyberdi